Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
SOLIQ MADANIYATI — MAHALLA TARAQQIYOTI VA FAROVONLIK OMILI

Mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash va aholining huquqiy savodxonligini oshirish hududning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Alisher Abduvahobovich Xusainov 17-saylov okrugi hududidagi “Bek-to‘pi” va “Al-Xorazmiy” mahallalariga biriktirilgan soliq xodimi Rustam Mahmudovning faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar va aholiga soliq qonunchiligi talablarini tushuntirish, mavjud imtiyozlar haqida ma’lumot berish, soliqqa oid murojaatlarni o‘rganish hamda muammolarni qonuniy hal etishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tushuntirish ishlarini izchil olib borish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, mahallalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va soliq madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Zеро, soliq sohasidagi samarali hamkorlik tadbirkorlik rivoji, qonuniylik va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu boradagi izchil ishlarning natijasi esa mahallalar iqtisodiy taraqqiyotida namoyon bo‘ladi.

Slide 1 of 2