Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
#deputatlik_nazorati #ko‘chama_ko‘cha #haftalik_ish_reja_ijrosi #Qonun_ijrosi #15 band_ijrosi Shifokor” mahallasida obodonchilik va yashil hududlar holati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

Tozalik va obodlik — hududga bo‘lgan e’tibor, ekologik madaniyat esa umumiy mas’uliyat ifodasidir.

Termiz shahridagi mahallalarda obodonlashtirish ishlarini takomillashtirish, yashil hududlarni asrash hamda aholi uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari 3-“Shifokor” saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida tashkil etildi.Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli Shifokor mahallasi raisi ishtirokida mahalla hududining sanitariya holati va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida markaziy va ichki ko‘chalarning tozaligi, piyodalar yo‘laklarining holati, jamoat joylarining obodonligi, daraxt va manzarali o‘simliklarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, yashil maydonlarni asrash, sug‘orish tizimlarining holati va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ham muhokama qilindi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-sonli Qonuni hamda Prezidentimizning PF–5863-sonli Farmoni (“2030-yilgacha bo‘lgan davrda Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”) ijrosini ta’minlash, xususan, mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 15-bandi doirasida amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida hudud obodonchiligini yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mavjud muammolarni aniqlash bilangina cheklanmay, ularning bartaraf etilishiga ko‘maklashish va mahallalarda obodlikni ta’minlashdan iborat.