#qabul
#deputat_faoliyati
Zangiota tumani hokimi, 16-okrug deputati Erkin Rustamov Eshonguzar hududida fuqarolar qabulini o‘tkazib, ularning murojaatlarini tingladi.
🔰Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi hamda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🔰Tuman hokimi va deputat E. Rustamov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni belgilangan tartibda o‘rganish, mavjud muammolarni imkon qadar qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar vakillariga tegishli topshiriqlar berdi.
🔰Qabul davomida har bir murojaatni nazoratga olish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda aholi bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.