Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bektepa" mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

✅Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, quyi bo‘g‘in boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-“Bektepa” saylov okrugi deputati B.Yo'ldoshev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bektepa" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

✅Mazkur tadbir Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablari asosida tashkil etildi. Tashrif davomida deputat va kotibiyat xodimi tomonidan mahalla raisi va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

✅O‘rganishlar davomida mahallada "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish, xonadonbay xatlovlar natijasi, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati chuqur tahlil qilindi.

✅Tahliliy muhokamalar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, aholi muammolarini joyida bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1