Bugun "BuyukTuron Qumguzar" saylov okrugi deputati Matg'oziyev Olimjon fuqarolar bilan qabulni oʻtkazadi.
Deputat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri — aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari, muammolari hamda takliflarini oʻrganishdan iborat. Qabul davomida fuqarolar oʻzlarini qiynayotgan masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamda hudud obodligi boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini deputatga yetkazish imkoniyatiga ega.
| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |