Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “JIYDALI” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
“SHIFOKORLAR” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI TINGLANIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
“YANGI DAVR” MAHALLASIDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK HOLATNI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “YANGI DAVR” MAHALLASIDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK HOLATNI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan Yashnobod tumani “Yangi davr” mahallasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda turli zararkunandalarning ko‘payishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Bahramovna Qudratxo‘jayeva nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘roviga Yashnobod tumani “Yangi davr” mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asos bo‘lgan. Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan hududga chiqib o‘rganish ishlari olib borilib, sanitariya holati bilan bog‘liq qator muammolar mavjudligi qayd etilgan.

🔺 Xususan, o‘rganish davomida “Yangi davr” mahallasining Ohangrabo 9-, 10- va 11-berk ko‘chalarida turli zararkunandalar, jumladan, kalamushlar ko‘payib ketgani aniqlangan. Mazkur holat hududdagi sanitariya-gigiyena sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani hamda fuqarolarning xavotiriga sabab bo‘layotgani bildirilgan.

⚠️ Aholining murojaatlarida zararkunandalarning turar joylarga kirib kelayotgani, bu esa fuqarolarning kundalik turmush sharoitida jiddiy noqulayliklar va sanitariya xavflarini yuzaga keltirayotgani ta’kidlangan. Ayniqsa, mazkur holatning davom etishi aholi salomatligi va hududdagi epidemiologik osoyishtalikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgan.

🦠 Deputatlik so‘rovida Toshkent shahrida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Sevara Fayziyeva tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Bahramovna Qudratxo‘jayevadan “Yangi davr” mahallasidagi Ohangrabo 9-, 10- va 11-berk ko‘chalarida sanitariya-epidemiologik normalarga rioya etilishi holatini tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganish so‘ralgan.

🛠 Shuningdek, o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan sanitariya-gigiyena kamchiliklari va zararkunandalar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni yaxshilash masalalariga e’tibor qaratilgan.

📋 Deputatlik so‘rovida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i M.B. Qudratxo‘jayevadan o‘rganish natijalari, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Yangi davr” mahallasida zararkunandalar ko‘payishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash hamda fuqarolar uchun sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini yaratish bilan bog‘liq mazkur masala deputat Sevara Fayziyeva tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1