Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 29-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV BINO QURILISHI LOYIHASI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA YO‘L INFRASTRUKTURASI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborida
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 5–9-oktyabr 2026-yil

Haftalik ish-reja ijrosi: belgilangan tadbirlar amalga oshirildi

📆 5–9-oktyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan rejalashtirilgan tadbirlar to‘liq bajarildi. Hafta davomida deputatlik faoliyati, yoshlar bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyati hamda hududlardagi mavjud sharoitlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

✅ 5-oktyabr | O‘zaro tajriba almashish
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi va Surxondaryo viloyati Uzun tumani Kengashi o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish tadbiri amalga oshirildi. Tadbir davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi tajribalar bilan tanishildi.

✅ 6-oktyabr | Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi. Yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ 7-oktyabr | Doimiy komissiyalar yig‘ilishlari
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport, shuningdek, mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari o‘tkazildi.

✅ 8-oktyabr | Sessiya kun tartibidagi masalalar o‘rganildi
Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan joriy oyda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. Masalalarni ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlashtirishga e’tibor qaratildi.

✅ 9-oktyabr | Maktabgacha ta’lim tashkilotlari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna o‘zi saylangan “Taxiatosh” MFY 9-O‘zbekiston saylov okrugi hududidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

✨ Hafta yakuni: belgilangan tadbirlarning to‘liq bajarilishi Kengash faoliyatini tizimli tashkil etish, hududlardagi masalalarni o‘rganish va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qildi.