Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Islom ota MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
OCHIQ MULOQOT — SAMARALI HAMKORLIK
янв.21
“G‘ALABA” MAHALLASIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
“XONTO‘PI” MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARINI MODERNIZATSIYA QILISH VA ESKIRGAN SIMLARNI ALMASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️“XONTO‘PI” MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARINI MODERNIZATSIYA QILISH VA ESKIRGAN SIMLARNI ALMASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda shahar deputatlari tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muminov Obidjon Odilovich boshchiligida, soha mutasaddilari bilan birgalikda elektr energiyasi ta’minotining barqarorligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlar davom ettirildi.

⚡️ O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Xonto‘pi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bo‘ldi. Deputatlar va mutasaddilar mahalladagi ma’nan eskirgan havo elektr uzatish liniyalarini zamonaviy SIP kabellariga almashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔺 Jarayonda elektr uzatish tarmoqlarining mavjud texnik holati, eskirgan simlarni bosqichma-bosqich yangilash, elektr energiyasini iste’molchilarga barqaror yetkazib berish hamda tarmoqlardagi nosozliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚙️ Zamonaviy SIP kabellaridan foydalanish orqali elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, tashqi ta’sirlardan himoyalanishini yaxshilash, texnik yo‘qotishlarni kamaytirish va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

💡 Shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishini hisobga olgan holda, tarmoqlarning yuklamaga bardoshliligini ta’minlash, elektr uzilishlarining oldini olish hamda mavjud infratuzilmani bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

🗣 “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i A. Ashrafxonov mas’ulligida elektr uzatish liniyalarini yangilash jarayonlari, texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda aholiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

📋 O‘rganish davomida elektr ta’minoti infratuzilmasini yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, energiya samaradorligini oshirish hamda aholining kommunal xizmatlardan foydalanish sifatini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

♻️ Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash va kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik muammolarning oldini olishga qaratilgan muhim yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rib chiqildi.

➡️ Toshkent shahrida elektr energiyasi va boshqa kommunal ta’minot tizimlarining mavsumga tayyorgarligini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10