Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI

MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahardagi mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish va xavfsiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Namangan shahar prokuraturasining 2026-yil uchinchi choragi bo‘yicha axborotida shahardagi 59 ta mahallaning 12 tasida jinoyat sodir etilmagani, 43 tasida esa jinoyatlar soni kamaygani qayd etilgan. 

Shu bilan birga, ayrim mahallalarda belgilangan “Yo‘l xaritalari” ijrosini hujjatlashtirish va bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni rasmiylashtirishda kamchiliklar aniqlangan.

Axborotga ko‘ra, “Yo‘l xaritalari” doirasida 33 ta xonadonga tashvish tugmalari o‘rnatilgan, 64 ta savdo va maishiy obyekt texnik qo‘riqlovga olingan. 

Shuningdek, 35 ta xavfsiz ko‘cha va 23 ta xavfsiz uy tashkil etilgan.

Yig‘ilishda mahalla yettiligi, profilaktika inspektorlari va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, amalga oshirilgan ishlarni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mavzuga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son “Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalish deputatlik faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida mahallalarda aholi xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va mas’ul idoralar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish vazifalariga mos keladi.

Yig‘ilish yakunida mahallalarda profilaktika ishlarini kuchaytirish, “Yo‘l xaritalari” ijrosini to‘liq ta’minlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2