BESHBOLA MAHALLASI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasidagi masala yuzasidan Beshbola mahallasi faoliyati bilan tanishdi.
✅Tanishuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
🌐Shuningdek, mahallada aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🤝 Asosiy maqsad — mahalla faoliyati samaradorligini oshirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishga ko‘maklashish.