Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
IJRO INTIZOMI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLAR UCHUN SAVOLLAR ISHLAB CHIQILDI

 IJRO INTIZOMI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLAR UCHUN SAVOLLAR ISHLAB CHIQILDI

📱Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 171-son qarori ijrosini o‘rganish doirasida deputatlik nazorati tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida o‘rganish savollari ishlab chiqildi.

✅ Savollarda ijro intizomi uchun mas’ul xodimlar faoliyati, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ijro muddatlariga rioya etilishi, ijrosi kechikayotgan topshiriqlar sabablari hamda Ijro.gov.uz elektron tizimidan foydalanish holatlarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi.

✏️ Mazkur savollar asosida mas’ul tashkilotlarda o‘rganishlar olib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

✅ O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalar tayyorlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshiriladi.
https://telegra.ph/Xalq-deputatlari-Pastdargom-tumani-Kengashi-deputatlari-uchun-organish-savollari-10-12