Yangiobod mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Sulaymonova tomonidan Yangiobod MFYda fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🗣️ Qabul davomida mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning mazmuni, mavjud muammolar hamda ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🦁Deputat tomonidan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga e’tibor qaratildi.
👍Fuqarolar bilan ochiq muloqot, ularning murojaatlarini tinglash va muammolariga yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.