PQ-393-son qarori ijrosi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
🌐Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Abdullayev Bahrom Ismoilovich hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
📍 “Hovuzak” MFY hududida barpo etilayotgan yangi 9-son oilaviy poliklinika binosidagi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
✅ Mazkur obyekt qurilishi uchun 9 mlrd 517 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, “CAPITALAND DAK” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda obyektda ichki pardozlash ishlari davom ettirilmoqda.
✅ O‘rganish davomida qurilishning amaldagi holati, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗓Mas’ullar tomonidan yangi 9-son oilaviy poliklinika binosini joriy yil noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
➕ Mazkur zamonaviy tibbiyot muassasasining ishga tushirilishi hudud aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirish, zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.