❗️Fuqaro ichki yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha murojaat qildi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 20-Oltinko'l saylov okrugi deputati K.Mamanova tomonidan fuqarolar nomidan ko'tarilgan muhim masalalar bo'yicha qabul o'tkazdi.
Qabul davomida fuqaro mahalladagi ichki yo‘lning ta’mirtalab holati yuzasidan murojaat qilib, yo‘lni ta’mirlash va harakatlanish uchun qulay sharoit yaratishda amaliy yordam so‘radi.
Murojaat tinglanib, mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ichki yo‘lni ta’mirlash masalasini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Fuqarolarning murojaatlari ijrosini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini topish borasidagi ishlar nazoratga olindi.