Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
SARMICH ALOQA BO‘LIMI FAOLIYATI VA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich aloqa bo‘limi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida aloqa bo‘limining kundalik faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholi ehtiyojlarini o‘rganish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni aniqlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida aloqa bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayligi va samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan mavjud holatni yanada yaxshilash, aholining talab va takliflarini inobatga olish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralarni belgilash hamda xizmatlar sifatini muntazam nazorat qilib borish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2