📍 “DO‘STLIK” MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri Baxtiyor Normatovich Amanov tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisidan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
🔹 O‘rganishlar davomida bolalar o‘yingohlarini ta’mirlash va hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy so‘rovnomalar yuborildi.
📌 Mazkur masalalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida qat’iy nazoratga olindi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati