Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi davolovchi markazni o‘rgandi va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirdi
янв.21
Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Hazrati imom" mahallasida turistik 24/7 ko‘cha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Kelajak uchun xorijiy til" - Kelajakni birga barpo qilamiz!
янв.21
Deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan MFY yettiligi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova hamda tuman Kengash deputati Umida Fayziyevalar Olmazor tumanidagi 476-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi.
янв.21
"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.
янв.21
“Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish yoki “og‘iz solish” bilan bog‘liq salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan jamoatchilik muhokamasi o'tkazildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati D.Axmedova ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq o‘ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘ninchi sessiyasi 2025-yil 19-mart kuni soat 15:00ga tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirildi.

Kun tartibiga quydagi masalalar kiritildi.

 1) 2025-yilda Bulung‘ur tumanida aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimovning hisoboti. 

2) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, tumanda ekologik holatni yaxshilash hamda ekologik nazoratni amalga oshirilishi bo‘yicha Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tuman bo‘limi boshlig‘i J.Nasimovning hisoboti. 

3) Bulung‘ur tumanida energiya tejash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ijrosi to‘g‘risida Hududiy elektr tarmoqlari AJ Samarqand viloyat filiali Bulung‘ur tuman Energosavdo bo‘limi boshlig‘i A.Turabov hamda “Hududgazta’minot” AJ Samarqand filiali
Bulung‘ur tuman gaz bo‘limi boshlig‘i A.Xabibxonovlarning hisoboti. 

4) Bulung‘ur tumanini jadal kompleks rivojlantirish maqsadida ajratilgan mablag‘larni tegishli loyihalar uchun talab etiladigan infratuzilma obyektlarining manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida. 

5) Bulung‘ur tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida. 

6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi“Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida 

7) Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi 

Slide 1 of 1