Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SOHASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA

 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SOHASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumanda raqamli texnologiyalar, elektron davlat xizmatlari va elektron hukumat tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
🔹 O‘rganishlar davomida aholiga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarining sifati va qulayligi;
🔹 mahallalarda internet va telekommunikatsiya xizmatlarining mavjudligi va sifati;
🔹 davlat tashkilotlarida elektron tizimlardan samarali foydalanish;
🔹 aholining raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari va raqamli savodxonligini oshirish;
🔹 elektron xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari;
🔹 aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar va ijro muddatlari o‘rganilmoqda.
🎯 Deputatlar tomonidan har bir aniqlangan masala yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish, mas’ul tashkilotlarni belgilash va ijroni nazoratga olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📲 Asosiy maqsad — aholiga qulay, tezkor va sifatli elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta’minlash hamda mahallalarda raqamli infratuzilmani rivojlantirish.