Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
4 -BAND IJROSI: Paxtachi mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

4 -BAND IJROSI: Paxtachi mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan Paxtachi mahallasida ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning doimiy daromad manbalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📋 Shuningdek, aniqlangan muammolar va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasini ishlab chiqish jarayoni ko‘rib chiqildi.

🤝 Mahalladagi ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

📌 Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.