Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudirii_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

“Obod yurt” MAHALLASIDA KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB QONUNCHILIK IJROSI VA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILDI

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini bevosita xonadonlarda tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar tumanning 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha va xonadonbay yurgan holda fuqarolar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazdi.

1. “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi:

Mahallani zamonaviy qiyofaga keltirish, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti va kommunal infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi;

2. Aholi murojaatlari va xonadonbay tahlil:

Nuroniylar va mahalla ahli bilan muloqot o‘tkazilib, aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak, ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq dolzarb masalalari o‘rganildi;

3. Qonunchilik va tavsiyalar nazorati:

Deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan 162 ta qonun hujjati hamda 24 ta tavsiyaning mahalladagi ijro etilishi holati chuqur tahlil qilindi.

AMALIY YECHIM VA QAT’IY NAZORAT:

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolarni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga DEPUTATLIK SO‘ROVLARI yuborilishi va ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan qat’iy nazorat qilib borilishi belgilandi.

"Deputatning o‘rni — xalq orasida! Har bir xonadonga kirib, aholi dardi bilan yashash va muammolarga amaliy yechim topish bosh maqsadimizdir!

Slide 1 of 4