Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudiri
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Qaldirg‘och” mahallasida O‘RQ-937-sonli Qonunning amaldagi ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida fuqarolarning ko‘chmas mulk va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy e’tirof etish, sohadagi islohotlar ijrosini nazorat qilish va aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-“Qaldirg‘och” saylov okrugi deputati D.Qudratov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev "Qaldirg‘och" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni doirasida tashkil etildi. Monitoring davomida mahallada fuqarolarning uy-joy va yer masalasiga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va adolatliligi tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida aholi o‘rtasida Qonun mazmunini keng targ‘ib qilish va huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini shaffof va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1