Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “25-Xitoy” saylov okrugi deputati G‘.Ermatov hududidagi “Chuvalanchi” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
🔹Mazkur qaror bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.
🔹Qaror ijrosi doirasida “Chuvalanchi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Buloqboshi” ko‘chasining 200 metr, “Do‘rmon” ko‘chasining 150 metr, qismini asfaltlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ayni paytda asfalt yotqizishdan oldingi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.