Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA XUSUSIY BOG‘CHA QURILMOQDA.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-“Chekmirzaobod” saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov tomonidan “Chekmirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyev ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur xususiy bog‘cha 100 o‘rinli qilib barpo etilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida mahalladagi maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishi bilan bir qatorda, 20 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish davomida qurilishning borishi, yaratilayotgan sharoitlar hamda obyektni belgilangan talablarga muvofiq foydalanishga topshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan hududda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5