Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Inson manfaatlari va aholi farovonligini ta’minlash — e’tibor markazida.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-“Chekmirzaobod” saylov okrugi deputati A.Sirojiddinovning tashabbusi va bevosita ko‘magi bilan “Chekmirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro uchun yangi uy-joy qurib berilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turmush sharoiti bilan ta’minlash hamda mahalladagi muammolarni amaliy tarzda hal etishdan iborat.

Bugungi kunda hududda yangi uy-joyning qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Qurilish jarayonining borishi, ishlarning sifati va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi nazoratga olinmoqda.

Deputat A.Sirojiddinov tomonidan mazkur xonadonning qurilishi jarayonida zarur amaliy yordam ko‘rsatilayotgani, bu esa aholining ijtimoiy muammolarini joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘lmoqda.

Slide 1 of 6