Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLINING 9 OYLIK HISOBOTI: MUAMMOLAR, BANDLIK VA IJTIMOIY HIMOYA
янв.21
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA MA’NAVIY MEROS TIMSOLI
янв.21
YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASI RAISINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
2026–2027-KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi
янв.21
130-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “22-Bag‘dod” saylov okrugi deputati O.Maxmudov hududidagi “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan ijtimoiy xodimning faoliyati, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar hamda ularning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Ijtimoiy reyestrda turuvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro M.Turdiyevaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 20 million 600 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Ajratilgan mablag‘ doirasida fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilashga qaratilgan qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi qayd etildi.

🔎 Shuningdek, o‘rganish jarayonida jamg‘arma mablag‘larining belgilangan maqsadga muvofiq sarflanayotganligi, ko‘rsatilgan ijtimoiy ko‘makning manzilliligi hamda amalga oshirilgan ishlarning fuqaro uchun amaliy ahamiyati ko‘rib chiqildi.

Bunday amaliy ishlar orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga ko‘maklashish choralari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2