Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATNING BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati G‘. Eshchanov tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ularning ustuvor vazifalari hamda istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Xiva shahar FHDYO organida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda tashkilot va deputat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

 Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan fikr almashilib, hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Slide 1 of 4