#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Fuqaro_masalasi
#24_ta_masala
Fuqaroning murojaati tinglandi
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida yashovchi fuqaro X. Pardayevning xonadoniga borilib, murojaati tinglandi.
📌 Muloqot davomida fuqaro X. Pardayev o‘z murojaatida uy-joyini ta’mirlash uchun kredit olishga ehtiyoji borligini bildirdi.
🤝 Murojaat yuzasidan fuqaroning ehtiyojlari o‘rganilib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📍 Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning muammolarini amaliy hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube