Bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparat rahbari A.Aytmuratov bilan birgalikda “Yangi makon” OFY raisi X.Xalillaev va hokim yordamchisi H.Yakupov bilan mahallada bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarni muhokama qildi.
📌 Muloqot davomida, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularga munosib ish o‘rinlarini taklif etish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.