Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI BO‘YICHA MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI BO‘YICHA MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 14-O‘rikzor saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov tomonidan Ko‘ksaroy mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazorati tartibida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2-Navo ko‘chasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, O‘rikzor 1-tor ko‘chasida 20 dan ziyod xonadonga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalarida belgilangan aholini uy-joylarda issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ijrosi doirasida o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-son Qonuni talablarining amaldagi ijrosi nazorat qilindi.

Deputatlik o‘rganishida Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi hamda mahalla raisi ishtirok etib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish va fuqarolar murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 5