Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi Kotibiyat mudiri U. Kuryazov tomonidan deputat sifatida o‘z saylov okrugidagi faoliyati doirasida Xonqa tumanidagi mahallalarda aholi va bolalar uchun yaratilgan sport sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallalardagi sport inshootlari, sport zallari hamda ularda mavjud sport anjomlarining mavjudligi va jihozlanganlik holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sport obyektlarining aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun foydalanishga qulayligi, mavjud sport jihozlarining holati ham ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishdan asosiy maqsad — mahallalarda aholining, xususan, yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat.