📌Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Baxrom Xudoyarov Yangi Davr mahallasida aholi bilan uchrashdi.
❗️Uchrashuv davomida hududdagi mavjud masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglandi. Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.
✅Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni o‘rganish, ularning yechimini izlash va zarur hollarda masalalarni deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha kelishib olindi.
🤝 Aholi bilan muntazam muloqot qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.