📍 Mahallada amaliy o‘rganish
👥 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalladagi nuroniylar bilan hamkorlikda bo‘sh turgan yer maydonlari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish, yoshlar uchun tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilindi.
📌 Aniqlangan imkoniyatlar asosida yoshlarni bandligini ta’minlashga qaratilgan takliflar shakllantirildi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlandi.
🤝 Mazkur ishlar Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi.
🎯 Maqsad — yoshlar bandligini ta’minlash, bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish va mahallada yangi tadbirkorlik imkoniyatlarini yaratish.