Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamolov Fargʻona shahridagi “Shakar qishloq” MFY hududi o'rganildi

Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamolov Fargʻona shahridagi “Shakar qishloq” MFY hududi o'rganildi.

🌐 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-35-V-sonli qarori asosida mahalla yettiligi rahbarlari tomonidan muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlari o'rganildi.

➡️ Oʻrganish jarayonida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha belgilab berilgan 24 ta tavsiyalar ijrosidan kelib chiqqan holda, "Shakar qishloq" MFY hududida aholini kambagʻallikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati yaqindan ko'zdan kechirildi. Xususan, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, mavjud imkoniyatlar va koʻrilayotgan choralar tahlil qilindi.

⌛ Jarayon davomida mahalladagi oilalarning turmush tarzi, ularning bandligini ta'minlash, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda kambagʻallikni qisqartirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar atroflicha oʻrganildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kasb-hunarga oʻqitish borasidagi ishlar holatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

✅ Uchrashuv yakunida bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanish yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "
"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"

✅ Telegram |✅ Facebook | 📱 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 2