Ko‘chkak mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
🏘️ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov 16-“Ko‘chkak” saylov okrugidan saylangan deputat B.Qodirov bilan birgalikda Ko‘chkak mahallasida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan tanishdi.
📋 O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda turli tadbirlarga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🎓 Shuningdek, yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, sport va madaniy tadbirlarga jalb etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🌱 Maqsad — Ko‘chkak mahallasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta’minlash.