Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
#deputat_so‘rovi #ijobiy_natijasi

#deputat_so‘rovi #ijobiy_natijasi

🚦 Deputatlik so‘rovi ijobiy natijasi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati S.A. Yuldosheva tomonidan fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish davomida At-Termiziy ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyida o‘rnatilgan svetaforning ishlamayotgani aniqlangan.

Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan Angor tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Deputatlik so‘roviga ko‘ra, murojaatda ko‘rsatilgan svetafor tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, Angor tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan ta’mirlandi.

Natijada, ayni vaqtda mazkur svetafor to‘liq soz holatga keltirilib, o‘z faoliyatini tikladi.Ushbu holat deputatlik nazoratining amaliy natijasi sifatida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarga manzilli yechim topish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida, muammo — amaliy yechimda!

Slide 1 of 1