Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati S.A.Yuldosheva tomonidan.Joriy yilning 10-sentyabr kuni “Yangi turmush” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida At-Termiziy ko‘chasida joylashgan svetoforning ishlamayotgani yuzasidan bir guruh fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushgani aniqlandi.
Murojaatda keltirilishicha, mazkur hududda avtomobillar qatnovining yuqoriligi sababli tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Svetoforning ishlamayotgani esa piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishida qiyinchiliklar tug‘dirib, yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mazkur muammoni bartaraf etish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1