Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA HUQUQIY ASOS
янв.21
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI OBOD QILINMOQDA
янв.21
Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
242-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Qoshtut MFYdagi Ko‘kzor ko‘chasini asfaltlash masalasi o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHINING 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibidan tumanda aholi farovonligi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim masalalar o‘rin oldi.

✔️Jumladan, sessiyada:
Yunusobod tuman IIO FMB boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan 2026- yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti haqida;

Yunusobod tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Yunusobod tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

Yunusobod tumani bo‘yicha “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026- yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish bosqichiyakunlariga ko‘ra “g‘olib” deb topilgan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish hamda “Manzilli ro‘yxat”ni tasdiqlash to‘g‘risida;

Yunusobod tumanida 2026-yil davomida investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati toʻgʻrisida;

Yunusobod tumani Tibbiyot birlashmasining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

📝Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarning axborotlari eshitilib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

🔠Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

📌Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi faoliyatining asosiy maqsadi — hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi murojaatlarini manzilli hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlashdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 6