Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OLMAZOR TUMANIDA TURIZM KO‘CHALARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA XOTIN-QIZLAR MASALALARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
102-DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi o‘rganildi
янв.21
Qoshtut mahallasidagi 24-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“AHIL” MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
219-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayoni o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumani "Umid" MFY hududidagi 219-maktab faoliyati o‘rganildi
#sessiyadan oldin o'rganish #ta'lim sifati nazorati #hududda o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi navbatdagi sessiyasiga puxta hozirlik ko'rmoqda. Kun tartibidan o'rin olgan muhim masalalardan biri — shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudirining hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan.
Ushbu hisobot yuzasidan haqiqiy holatni o'rganish va aholi fikrini inobatga olish maqsadida "Chambil" mahallasida hudud deputati Faxriddin Matasimov hamda Kengash Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova boshchiligida saylovchilar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

Aholi fikri va takliflari: Hududda joylashgan maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarining bugungi holati, ta'lim-tarbiya sifati yuzasidan fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglandi.
Muammolar va kamchiliklar: Ta'lim maskanlaridagi moddiy-texnik baza, infratuzilma va sharoitlar bilan bog'liq mavjud kamchiliklar xalq ichida ochiq-oydin muhokama qilindi.
Natijadorlik: Saylovchilar tomonidan bildirilgan barcha e'tiroz va muammolar umumlashtirilib, xulosa shakliga keltirildi hamda Kengashning ijtimoiy soha masalalari bo'yicha doimiy komissiyasiga taqdim etildi.

O'rganish natijalari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida bo'lim mudirining hisoboti tinglanayotganda atroflichta tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3