35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI JAMOASI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari kuchaytirilmoqda
янв.21
OLTINSOY MFY HUDUDIDA YO‘LLAR TA’MIRLANMOQDA
янв.21
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonun haqida
янв.21
CHUSTIY MFY HUDUDIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI DEPUTAT ARALASHUVI NATIJASIDA JORIY TA’MIRLANDI
янв.21
Deputatlik so‘rovi asosida ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“USTOZLAR MILLIY FORUMI” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
"GULSAROY" MAHALLA HUDUDLARIDA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov ishtirokida Olmazor tuman “Maxsustrans” filialida olib borilayotgan ishlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
YAGONA VATAN TARAQQIYOTI — “QICHQIRIQ” MAHALLASI MISOLIDA

YAGONA VATAN TARAQQIYOTI — “QICHQIRIQ” MAHALLASI MISOLIDA

📌 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida bosib o‘tilgan tarixiy yo‘l, amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarini sarhisob qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning barcha hududlari, jumladan, Olmazor tumanida ham aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

✅ Mustaqillik yillarini baholashda har bir davrning o‘ziga xos shart-sharoitlari, murakkabliklari va erishilgan natijalarini xolisona ko‘rish muhim. O‘tgan yillar davomida xalqimiz turli sinovlarni yengib, o‘z kuchi, mehnati va birdamligiga tayanib, mustaqil davlatimizning mustahkam poydevorini barpo etdi.

✅ Bugungi o‘zgarishlarni “Qichqiriq” mahallasi misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Mahalla hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlar aholining kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlamoqda. Bu jarayonlar joylarda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasini namoyon etmoqda.

✅ So‘nggi yillarda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yanada kuchaydi. “Davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish tizimi takomillashtirildi. Mahallalarda “yettilik” tizimining yo‘lga qo‘yilgani esa aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash imkoniyatlarini kengaytirdi.

✅ “Qichqiriq” mahallasidan oqib o‘tuvchi Damariq kanali bo‘yi hududlarini obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilash borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Farobiy va Saqichmon ko‘chalarining loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritildi. Sag‘bon ko‘chasining loyiha-smeta hujjatlari esa hozirda tayyorlanmoqda.

✅ Shu bilan birga, Damariq kanali bo‘yi ko‘chalarida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Dastlabki loyiha-smeta hujjatlariga ko‘ra, mazkur obyektning umumiy qiymati 46,447 mlrd so‘mni tashkil etadi.

✅ Loyiha doirasida 2 400 m² veloyo‘lak, 9 600 m² granit toshdan piyodalar yo‘lagi, 100 ta o‘rindiq va urnalar, 100 ta tungi yoritish chiroqlari, 2 500 metr panjaralarni ta’mirlash, 3 800 m² sokl, 8 000 m² yashil maydon hamda 800 m² alleya barpo etish ko‘zda tutilgan.

✅ Shuningdek, hududda 2 ta favvora, qirg‘oq bo‘yida supa, 1 ta arka, 84 ta kuzatuv kamerasi hamda yurtimizdagi tarixiy obidalarning 12 ta maketini barpo etish rejalashtirilgan.

✅ Bugungi kunga kelib, bosh pudratchi “Yangi Zamon” MCHJ tomonidan loyihada belgilangan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2 400 m² veloyo‘lak, 9 600 m² piyodalar yo‘lagi barpo etildi, 100 ta o‘rindiq va urnalar hamda 100 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. 2 500 metr panjara ta’mirlanib, kosmetik bo‘yash ishlari bajarildi.

✅ Jumladan, 3 800 m² sokl, 8 000 m² yashil maydon, 800 m² alleya, 1 ta favvora va qirg‘oq bo‘yida supa barpo qilindi. Hozirgi vaqtda 84 ta kuzatuv kamerasi hamda 12 ta tarixiy obidalar maketlarini tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda.

✅ Xususan, 441-sonli va 432-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, bolalar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Mahallada zamonaviy bolalar maydonchalari, aholi uchun hordiq chiqarish maskanlari hamda mahalla tadbirlarini o‘tkazish imkonini beruvchi infratuzilmalar tashkil etilmoqda.

✅ Bugungi bunyodkorlik ishlarining asosiy maqsadi — inson qadrini ulug‘lash, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, mahallalarni obod hamda farovon hududlarga aylantirishdir.

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi arafasida “Qichqiriq” mahallasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar xalqimizning ertangi kuniga ishonchi, bunyodkorlik ruhi va yurtimiz taraqqiyotining amaliy ifodasidir.

✍️ Umida Fayziyeva
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 2