Kanalizatsiya tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Qo‘chqorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan Ko‘rkamdiyor mahallasi Farobiy ko‘chasida Jahon taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi mavjud kanalizatsiya tizimini yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda sanitariya sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur loyiha mahalla aholisi uchun muhim bo‘lib, kanalizatsiya tizimining samarali ishlashi hududda qulay yashash sharoitlarini yaratish va obodonlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi deputatlik nazoratida.