O‘rganish davomida maktabdagi mahalla aholisi va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan sport zali, sport jihozlari hamda o‘quv xonalarining holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklar qayd etildi.
Aniqlangan masalalarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish va ijrosini nazoratga olish belgilandi.