XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan tuman hokimligi va hududdagi tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bandixon tuman Xalq qabulxonasi mudir o‘rinbosari B.Abdishukurovning hisoboti komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rilgan masala yuzasidan fikr mulohazalar eshitilib, o‘z fikrlari va takliflarini bildirdilar yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.