Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Toyloqda xotin-qizlar tadbirkorligi rivoji o‘rganildi

✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F. Rahmatov hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari tomonidan Baxshitepa mahallasida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tashrif davomida loyiha doirasida tashkil etilgan pishiriq sexi faoliyati bilan tanishilib, bugungi kunda mazkur korxonada 4 nafar xotin-qizning doimiy bandligi ta’minlangani qayd etildi.

✔️Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti 20 turdan oshgani, ulgurji xaridorlardan dastlabki buyurtmalar kelib tushayotgani e’tirof etildi. Mutasaddilar tomonidan mahsulotlarning bozorini kengaytirish, xususan, iste’molchilar soni yuqori bo‘lgan Samarqand shahriga yetkazib berish hajmini oshirish yuzasidan amaliy tavsiya va takliflar berildi

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |
📹 Youtube

Slide 1 of 2