Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova "Mustaqil yurt" mahallasidagi dolzarb muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi

#deputatlar_nazorati #deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova "Mustaqil yurt" mahallasidagi dolzarb muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova tomonidan saylov okrugi hududidagi "Mustaqil yurt" mahalla fuqarolar yig‘inida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimlarini ishlab chiqish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🤝 O‘rganish davomida mahalla raisi, "mahalla yettiligi" vakillari, nuroniylar hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, "Mustaqil yurt" mahalla fuqarolar yig‘ini ikki yildan buyon o‘zining ma'muriy binosiga ega emasligi sababli mahalla xodimlari vaqtincha 15-sonli umumta'lim maktabida faoliyat yuritayotgani ma'lum qilindi.

🏢 Mahalla faollari tomonidan taqdim etilgan dalolatnomada qayd etilishicha, xodimlar maktabning o‘qituvchilar xonasida ishlashga majbur bo‘lib, ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sababli bino ichidagi bo‘yoq hidi hamda ish sharoitlarining talab darajasida emasligi ularning mehnat faoliyati va salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, mahalla fuqarolar yig‘inining alohida binosi mavjud emasligi sababli fuqarolar qabuli, yig‘ilishlar, profilaktik uchrashuvlar va boshqa jamoatchilik tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etishda qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, bu esa aholi e'tirozlari va noroziliklariga sabab bo‘layotgani ta'kidlandi. Mahalla faollari tomonidan avval foydalanilgan mahalla idorasini tiklash yoki yangi ma'muriy bino bilan ta'minlash masalasi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi bildirildi.

🎥 O‘rganish davomida hududdagi videokuzatuv kameralarining ishlamayotgani ham alohida ko‘rib chiqildi. Mazkur holat jamoat xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Shuningdek, mahallada sug‘orish tizimi uchun zarur bo‘lgan artezian qudug‘i (skvajina) mavjud emasligi sababli yashil hududlarni parvarishlash va obodonlashtirish ishlarida muammolar yuzaga kelayotgani ham aniqlandi.

📚 Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida mahalladagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Xususan, aholi bandligi, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoya, tibbiy xizmat sifati, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritgichlari, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta'minoti, hududni obodonlashtirish, jamoat xavfsizligi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

📝 Uchrashuv davomida fuqarolar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan barcha murojaat hamda takliflar deputat tomonidan **"Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"**ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Mahalla binosi bilan bog‘liq muammo, ishlamayotgan kuzatuv kameralari, sug‘orish tizimini yaxshilash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

💡 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish hamda tegishli amaliy choralar ko‘rish uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7