📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Unda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga Sherobod tumanidan saylangan deputatlar R. Xolmirzayeva va M. Norbasheva, shuningdek, mas’ul mutasaddilar hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdilar.
📋 Yig‘ilish davomida Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari E. Musayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori asosida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi ijrosi yuzasidan tumanda olib borilgan ishlar to‘g‘risida batafsil axborot taqdim etildi.
🏗 Axborotda loyiha doirasida infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni modernizatsiya qilish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan erishilgan natijalar muhokama qilindi.
💬 Yig‘ilish ishtirokchilari taqdim etilgan axborot yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, loyihaning samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflarni ilgari surdilar.
✅ Yakunda kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli xulosalar qabul qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.