Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
DEPUTATLAR TOMONIDAN "CHOTQOL DAVLAT BIOSFERA QO‘RIQXONASI"DA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-"Beshkappa" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich, komissiya a’zosi deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi 710-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida qo‘riqxona direktori J.Do‘stov bilan maxsus tayyorlangan savolnoma asosida suhbat o‘tkazilib, muassasaning bioxilma-xillikni saqlash, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ilmiy tadqiqotlar, ekologik monitoring hamda ekologik targ‘ibot yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishildi.Ma’lum qilinishicha, 24 706 gektar maydonni egallagan qo‘riqxona hududida 771 tur
o‘simlik hamda 1 500 dan ortiq umurtqali va umurtqasiz yovvoyi hayvonlar uchraydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 25 tur o‘simlik va 20 tur yovvoyi hayvon muhofaza qilinmoqda. Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritilgan qor qoploni populyatsiyasining barqaror saqlanayotgani hamda elik kiyiklari sonining ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.Deputatlar qo‘riqlash tizimi, fotoqopqonlar orqali olib borilayotgan monitoring ishlari,ilmiy kuzatuvlar, tashrif markazi va tabiat muzeyi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.Shuningdek,qo‘riqxonada jami 57 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, ular ma’muriy boshqaruv,ilmiy bo‘lim, qo‘riqlash xizmati hamda yordamchi-texnik xodimlardan iborat ekani, qo‘riqlash ishlari 10 sutkalik navbatchilik asosida tashkil etilgani va xodimlar uchun zarur sharoitlar yaratilgani qayd etildi.O‘rganish yakunida
qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, qo‘riqxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
  

Slide 1 of 8