Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich o‘zi saylangan hududdagi “Bo‘ston” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.Tashrif davomida mahalla yoshlar yetakchisi Serikbayev Dauren Jumaddilla o‘g‘lining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi faoliyati o‘rganildi.O‘rganishlar jarayonida 2026-yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2 nafar yoshning 1 nafariga ta’lim krediti ajratilishiga ko‘maklashilgani, 1 nafari doimiy ish bilan ta’minlangani qayd etildi.
Shuningdek, uyushmagan yoshlarni “Besh tashabbus” doirasidagi sport musobaqalariga keng jalb etish orqali tuman bosqichida munosib natijalarga erishilgani ta’kidlandi.Shu bilan birga, maktab va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qiziqishlari hamda tanlagan yo‘nalishlari asosida ish bilan ta’minlash yuzasidan manzilli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 2