Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Kamalak" oromgohida mazmunli yozgi ta'til davom etmoqda!
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
#162_Qonun #Korrupsiyagaqarshikurashish 🗣Termiz shahar Adliya bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
O‘rganish davomida muassasada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ichki nazorat mexanizmlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy bilimlari tahlil qilindi.

💬 Tashkilot rahbariyati bilan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, xizmat faoliyatida halollik tamoyillarini mustahkamlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📖 Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ–419-son Qonuni mazmun-mohiyatiga ko‘ra:

⏺Korrupsiya — mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek bunday manfaatni taqdim etish bilan bog‘liq harakatlardir.

💬Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari:

🟢qonuniylik;
🟢fuqarolarning huquq va erkinliklari ustuvorligi;
🟢ochiqlik va shaffoflik;
🟢tizimlilik;
🟢davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi;
🟢korrupsiyaning oldini olishga ustuvor ahamiyat berish;
🟢javobgarlikning muqarrarligi.

💬Har bir davlat organi va mansabdor shaxs o‘z faoliyatida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halol, xolis va qonuniy bajarishi shart.

💬Fuqarolar va jamoatchilik korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida tegishli organlarga xabar berish hamda qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish huquqiga ega.

💬Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar qonunchilikka muvofiq intizomiy, ma’muriy, fuqarolik-huquqiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

🟢 Halollik — jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori.
🟢Shaffoflik va ochiqlik — fuqarolar ishonchini mustahkamlaydi.
🟢Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat — har bir davlat xizmatchisi va fuqaroning fuqarolik burchidir.

🫥Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasi. Halollik va qonun ustuvorligi taraqqiyotning eng muhim omilidir.
Slide 1 of 3