✅ Yoshlar yetakchisi bilan bo‘lgan muloqotlarda: joriy yil boshida xatlov natijasida aniqlangan mahallaning 7 nafar yoshlari ish bilan to‘liq ta’minlangani, shuningdek 8 nafar talabaga oliy ta’lim muassasalarida tahsillarini davom ettirishi uchun kontrak-to‘lov mablag‘lari to‘lab berilganligi aniqlandi.
✅ Mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Do‘stlik” ko‘chasida tashkil etilgan xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv markazida 34 nafar mahalla yoshlari Germaniya davlatining oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish maqsadida nemis tilini mukammal o‘rganayotgani ma’lum bo‘ldi.
✅ Deputat o‘rganuvi yakunida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, kitobxonlikni targ‘ib qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi