Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni sifatli tayyorlash maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda shahar Kengashi deputati O.Sharofutdinova Bog‘zor mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi" doirasida:

🔹 hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari;

🔹 ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, nafaqa va moddiy yordamlarning manzilli tashkil etilganligi;

🔹 xotin-qizlar faolining oilalar bilan ishlash, ayollar bandligi va ijtimoiy himoyasi borasidagi faoliyati;

🔹 yoshlar yetakchisining yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlari joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholini qiynayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda hujjatlar o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish natijalari umumlashtirilib, Kengash kotibiyatiga taqdim etiladi hamda navbatdagi sessiya muhokamalari va qabul qilinadigan qarorlarda o‘z aksini topadi.

Joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish, aholi muammolarini eshitish va ularning yechimini Kengash sessiyalari orqali ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4